31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Mamlakatimizda
5 Aprel  2020 854
OʻzA

6-apreldan boshlab yana qanday qoʻshimcha choralar joriy etiladi?

Koronavirus kasalligiga qarshi kurashish respublika maxsus komissiyasining joriy yil 4-aprel sanasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida bir qator qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilangan.

Unga koʻra, joriy yil 6-apreldan eʼtiboran quyidagilarni nazarda tutgan holda “oʻzini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi:

- shaxsning oʻzining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur boʻlgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor koʻrigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qatʼiyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno;

- harakatlanishda hamda savdo doʻkonlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;

- 65 yoshdan yuqori yoshda boʻlgan va surunkali kasalligi boʻlgan fuqarolar oʻz uylaridan oʻta zaruratsiz tashqariga chiqishi qatʼiyan man etiladi.

Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuningdek, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan taʼminlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Bunda ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati oʻlchanadi hamda 37 S va undan yuqori boʻlganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

Markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.

- Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.

- Karantin talablarining ijrosini soʻzsiz taʼminlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yoʻli bilan ushlab turiladi.

- Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020-yil 6-aprel soat 06-00 dan eʼtiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.

Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor koʻrigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech