17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Bilasizmi?
19 Mart  2019 960

Kamchatka uzra kuchli portlash endi oshkor bo‘ldi

Astronomlar bergan malumotga ko‘ra, so‘nggi 30 yil ichida Kamchatkadagi qudrati 173 kilotonna bo‘lgan ilk portlash sodir bo‘ldi, deya xabar tarqatadi topnews.ru elektron nashri.

 

Bering dengizi uztida 25 kilometrdan ziyodroq balandlikda kuchli portlash yuzaga kelgan. Mazkur hodisa 2018-yilning dekabr oyida kuzatilgan bo‘lsa-da, ammo endigina oshkor etilmoqda. NASA ekspertlarining aytishicha, bunday qudratli miqyosdagi portlashlar har 100 yil ichida uch-to‘rt marta kuzatiladi.

Mazkur 173 kilotonnalik portlash qudrati jihatidan Chelyabinsk uzra kuzatilgan portlashdan (300 kilotonna) pastroq bo‘lgan. Ushbu potlashning kuchini  bir paytlar Xirosimaga tashlangan atom bombasining 10 tasidan ham kuchliroq, deya baholandi.

Samoviy ob’ekt soniyasiga 32 kilometr tezlikda harakatlangan va 25,6 kilometr balandlikda portlagan. Ushbu tabiat hodisasi dengiz uzra sodir bo‘lgani uchun ham sezilmagan. Xuddi Chelyabinskda kuzatilgan meteorit portlashi kabi bunisi ham darrov yangiliklardan o‘rin olmagan.

Ammo NASA mutaxassislarning aytishicha, meteorit portlagan dengiz hududidan ko‘plab xalqaro aviareyslar parvoz qiladi. Shu bois hozirda bu tabiat hodisasini o‘z ko‘zlari bilan kuzatganlarni qidirib topish ustida ish olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech