26 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,2 °C

Tashvishli xabar
29 Noyabr  2019 888

Kanadada halokatga uchragan samolyot bortida asli o‘zbekistonlik shaxslar bo‘lgan

Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi, 5 nafar o‘zbekistonlik (er-xotin va ularning 3 nafar farzandi) vafot etgan. Bu haqda telegram kanallarning birida xabar tarqaldi.

Unda aytilishicha, asli o‘zbekistonlik, AQShning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragan. Samolyot Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan.

Samolyotda Obloqulovning turmush o‘rtog‘i va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari bo‘lgan. Bundan tashqari bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli O‘zbekistondan bo‘lgan Bobomurod Nabiev va uning turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan.

Samolyot Kingston shahrining shimoli-g‘arbiga, quyuq o‘rmonga qulagan. Fojea natijasida samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgan.

Halokat sabablari o‘rganilmoqda. Qoidaga ko‘ra, bunday kichkina samolyotlarda «qora quti» bo‘lishi majburiy bo‘lmagan. Kanada meteorologiya xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, samolyot qulagan paytda xududda kuchli shamol esgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech