05 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Voqea-hodisalar
2 Dekabr  2019 255

Kanadadagi samolyot halokati bo‘yicha TIV ma'lumot berdi

Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan yetti kishining vafot etgani haqida хabar qilgandik. 

O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019-yil 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida asli o‘zbekistonliklarni tashiyotgan samolyot halokati sodir bo‘lgan joy tegishli tuzilmalar tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilgan.

Samolyotning barcha parchalari puxta tahlil qilish uchun Toronto shahridagi maxsus tekshiruv markaziga yetkazilgan. Ayni paytda Kanada ma'murlari bilan birgalikda halok bo‘lganlarning jasadlarini aniqlashtirish va ularni qarindoshlariga topshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, deb xabar qiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Elchixona Kanada TIV va huquqni himoya qilish idoralari vakillari, aviahalokatda vafot etganlarning qarindoshlari va yaqinlari, Toronto shahri va Texas shtatidagi (AQSh) o‘zbek diasporasi bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi.

2-dekabr kuni O‘zbekiston Elchisi Javlon Vaxabov Toronto shahrida Kanada transport xavfsizligi kengashi vakillari va mahalliy tergov idoralari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Elchixonaga butun dunyodan ta'ziya so‘zlari yetib kelmoqda. Kanadaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Annik Gule barcha kanadaliklar nomidan aviafalokatda halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi hamda har tomonlama yordam va zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi. AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Elchixonasi sa'y-harakatlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech