15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Xavfsizlik
25 Mart  2020 4944

«Karantin davrida haq-huquq»: Huquqqa oid savollarga mutaxassis javobi

Bugun, 25-martda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

1. O‘z avtomobilimni boshqarayotgan paytimda niqob taqmasligim mumkinmi?

Agar siz o‘z avtomobilingizda harakatlanayotgan bo‘lsangiz va avtomobilda sizdan boshqa shaxs bo‘lmasa, niqob taqmasligingiz mumkin. Avtomobilni tark etgan paytingizda esa niqob taqishga majbursiz.

2. Qamoqxonalardagi mahbuslar bilan uchrashuvlar ham karantin bo‘ladimi?

Yurtimizdagi jazoni ijro etish muassasalarining barchasi karantin rejimiga o‘tkazilgan.

Mahkumlarga yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlar berilishi vaqtincha to‘xtatildi. Buning o‘rniga ularning xohishiga qarab telefon orqali aloqa o‘rnatish ta’minlandi.

3. Avtomobillarni jarima maydonchasidan qachon olib chiqish mumkin?

Karantin cheklovlari tufayli ichki ishlar organlari tizimida xizmat ko‘rsatish faoliyatlari vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu xizmatlar karantin davri nihoyasiga yetgach, davom ettiriladi.

4. Karantin paytida Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatda o‘tganlarning muddati tugasa, qayta ro‘yxatdan otish uchun nima qilish kerak?

Karantin cheklovlari davrida, 24-martdan boshlab ichki ishlar organlari aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu holat yo‘l harakati xavfsizligi hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish faoliyatiga ham bog‘liq.

Ushbu faoliyat karantin choralari bekor qilingan vaqtdan keyin davom ettiriladi.

5. Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo‘yilmoqda?

Karantin o‘rnatilgan joylarda xavfsizlikni ta’minlash ishlari yolg‘on axborotlar tarqatish, aholida vahima kayfiyatini uyg‘otuvchi materiallar tarqalishining oldini olishni ham o‘z ichiga oladi. Koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi vrachlardan telefon apparatlarining olib qo‘yilishi ana shu holat bilan ham bog‘liq. 

Biroq tibbiyot xodimlari oilasi, yaqinlari bilan muloqotda bo‘lishi uchun muassasada faoliyat ko‘rsatib turgan telefon vositalaridan foydalanishi mumkin.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech