05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Ta'lim
27 Mart  2020 3631

Karantin davrida stipendiya beriladi

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi Abduvali Xoliqov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

1. Taʼtilga chiqqan kollej oʻquvchilari qachon imtixonlarni topshirib diplom olishadi? Amaliyot nima boʻladi?

Bugungi kunda umumtaʼlim maktablari, oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar kabi kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari ham taʼtilga chiqarilgan. Taʼtil muddatining davomiyligidan kelib chiqish oʻquv jarayoni grafiklari oʻzgartirilishi mumkin.

Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari taʼtil vaqtini yakunlangandan soʻng ularga amaliyotni davom ettirish va tegishli imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish imkoniyati yaratiladi. Bunda muhim bir masalani aytish kerakki kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kelgusida oliy taʼlim muassasasida oʻqishi uchun xujjatlarni topshirishga toʻsiqlar boʻlmaydi.

2. Karantin davrida stipendiya beriladimi?

Talabalarga karantin davrida ham stipendiyalar toʻlab beriladi, faqat bunda toʻlov turida oʻzgarish boʻlishi mumkin, yaʼni naqd pul koʻrinishida olib kelayotganlarga, ularning taʼtilda ekanini inobatga olib, stipendiya puli toʻliq plastik kartasiga tushirib beriladi.

Shuni rasman maʼlum qilamizki, oliy taʼlim muassasalarida karantin eʼlon qilinishi tufayli toʻlov-shartnoma shartlarini bajarishga ulgurmagan yoshlar talabalar safidan chiqarilmaydi.

Qolaversa, barcha talabalarga taʼlim shakli va oʻzlari tanlagan toʻlov turidan kelib chiqib, belgilangan tartibda stipendiyalar toʻliq toʻlanadi.

3. 4-aprelda IELTS imtixoni boʻlishi kerak edi, karantin davrida imtihon boʻladimi yoki qoldiriladimi?

Britaniya kengashining maʼlumotiga koʻra barcha imtihonlar karantin davri yakuniga qadar amalga oshirilmaydi.

4. Talabalar uchun onlayn darslar yoʻlga qoʻyiladimi yoki yoʻlga qoʻyilmasa qolib ketgan darslarning oʻqitilish tizimi qanday amalga oshiriladi?

Oliy taʼlim yoʻnalishlari fanlari boʻyicha maʼruzalarni elektron formatda taqdim etish uchun TAS-IX tarmogʻida https://tube.edu.uz videoportali ishga tushirildi, uning resurslari boyitib borilmoqda.

Talabalarning bilim olish faoliyatini masofadan turib qoʻllab-quvvatlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmogʻida@eduuz_online kanali yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, vebinar texnologiyalari asosida maʼruzalar tashkil etish boshlandi.

5. Qoʻshni davlatlardan respublikamiz oliy taʼlim muassasalariga oʻqishlarini koʻchirish boʻyicha maʼlumot bersangiz?

Qoʻshni davlatlardan respublikamiz oliy taʼlim muassasalariga oʻqishlarini koʻchirish istagida boʻlgan 50 mingdan ortiq fuqarolarimizdan arizalar qabul qilingan. Qoʻshni davlatlar taʼlim vazirliklariga joriy yilning 10-martida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xat bilan respublikamiz fuqarolariga amaliyo yordam soʻrab murojaat qilgan.

6. Hozirgi kunda OTMlarda prokratura yoki boshqa yuqori turuvchi organlar tomondan rejaviy tekshiruv oʻtkazilishi oʻrinlimi?

Oliy taʼlim muassasalaridagi tekshirishlarning barchasi toʻxtatilgan.

7. Tibbiyot institut talabalari 16-martdan amaliyot oʻtishi kerak edi, ammo taʼtil sababli qoldirildi. Agar taʼtil davom etsa, talabalar ham jalb etilishi mumkinmi?

Talabalar bunday tadbirlarga jalb etilmaydi. Zarurat boʻlganda ham magistratura talabalari jalb etilishi mumkin.

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs talabalari oʻquv mashgʻulotlari deyarli yakunlanganligini inobatga olib, yakuniy davlat attestatsiyasini davlat imtihoni shaklida (on-layn test sinovlari) oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, magistratura bitiruvchi kurs talabalariga vaziyatga qarab iyul oyida diplomlarini berish amalga oshiriladi.

8. Oliy oʻquv yurtimiz attestatsiyadan oʻtish kerak edi. Attestatsiya qoldiriladimi?

Oliy taʼlim muassasalarining rejali attestatsiyadan oʻtishlari karantinni tugashiga qarab kechiktiriladi.

9. Talabalarga berilgan taʼtil davomida oʻtgan yili akadem taʼtil olgan, hozir oʻqishga qaytishi kerak boʻlgan talabalar bilan ishlash qanday boʻladi? Oʻz vaqtida ariza bilan murojaat qilinmadi deb hisoblanmaydimi?

Talabalarni oʻqishlarini davom ettirishlari uchun belgilangan muddat 15-iyuldan boshlanadi. Shuni hisobga oladigan boʻlsak bunday jarayonlarda muammolar boʻlmaydi.

10. Televizorda 3 ta telekanalda oʻqish jarayonlari yoʻlga qoʻyiladi deyilgandi. Akademik litseylar oʻquvchilariga ham boʻnday darslar tashkil etilganmi?

Respublikamizdagi barcha akademik litseylarining 1-2 bosqich oʻquvchilariga xamda umumtaʼlim maktablarining 10-11 sinf oʻquvchilarining oʻquv rejalaridan oʻrin olgan quyidagi umumtaʼlim fanlaridan “UzReport” TV telekanali bilan hamkorlikda jonli efirda “Teledars” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech