29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
12 Iyun  2020 940

Dunyo: qashshoqlar va aviaparvozlar soni oshadimi

Misr 1 iyuldan boshlab ichki, keyinchalik asta-sekin xalqaro aviaparvozlarni tiklashni rejalashtirayotgani maʼlum boʻlgan. Unda koronavirus keng tarqalmagan hududlarda turizm sohasi ham tiklanadi, deb xabar beradi Egypt Today axborot manbasi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti pandemiya Afrikada tez surʼatlarda tarqalayotgani haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Washington Post.

Bloomberg axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, Moderna Inc. kompaniyasi iyul oyidan COVID-19 ga qarshi vaksina klinik sinovining oxirgi bosqichini boshlaydi. Tajribada 30 mingdan oshiq koʻngilli ishtirok etadi.

London Qirollik kolleji va Avstraliya milliy universiteti oʻtkazgan yangi tadqiqotga koʻra, koronavirus pandemiyasi tufayli qashshoqlar soni 1 milliard kishidan oshishi mumkin. COVID-19 inqirozi dunyodagi eng kambagʻal aholi qatlami daromadini kuniga 500 million dollarga pasaytirmoqda, deb xabar beradi The Telegraph.

AQSHda koronavirusning qayta avj olishida takroriy karantin joriy qilinmaydi. Hukumat iqtisodiyotni yana “yopa olmasliklarini” maʼlum qildi, deb xabar beradi CNBC.

Janubiy Koreya hukumati mamlakatda COVID-19 holatlari koʻpayishi davom etsa, qaytadan karantin joriy qilinishi haqida maʼlum qildi, deb xabar beradi Reuters.

“Deutsche Lufthansa” aviakompaniyasi pandemiya tufayli aviaqatnovlarning keskin kamayib ketishi sabab 26 ming ish oʻrnini qisqartirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Interfaks.

WSJ axborot manbasidan maʼlum boʻlishicha, pandemiya tufayli don mahsulotlariga talab ortishi natijasida guruch fyucherslar kotirovkasi soʻnggi 9 yilda maksimal darajaga yetgan.

Vetnam iyul boshidan Xitoy, Tayvan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Laos davlatlariga xalqaro aviaparvozlarni boshlaydi, deb maʼlum qiladi Asia Nikkei axborot manbasi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech