27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Mamlakatimizda
30 Mart  2020 1017

Karantin shahri qabulga shay

29-mart kuni fotoblogerlar Fotima Abdurahmonova va Marat Nadjibaev konteynerli davolash xonalaridan iborat karantin hududida bo‘ldilar.

O‘tgan kecha ikkinchi blok qurilishi yakuniga yetib, u yerga Turkiya davlatidan uchib kelgan fuqarolar joylashtirilgan bo‘lsa, hozirda tayyorlanayotgan blok Koreyadan kelgan yurtdoshlarimiz uchun mo‘ljallangan.

Konteynerlar o‘rnatilib, suv ta’minoti va oqava suv tizimiga ulanmoqda. Suv artezian quduqlardan yetkazilmoqda, SEOM suv tozaligini tasdiqladi. Oqava suv uzoqlikdagi idishga jamlanib, zamonaviy texnologiyalarga muvofiq tozalanmoqda.

Har bir konteynerda 4 ta fuqaro joylashadi, suv isitish uskunasi, konditsioner va televizor bilan jihozlangan.

Hamma ishlar bir vaqtda olib borilmoqda – mebel anjomlari o‘rnatilmoqda, o‘rinlar tayyorlanmoqda, oynalar yuvilmoqda, uzluksiz yetkazilayotgan yangi konteynerlar uchun maydon tayyorlanmoqda. 

Yangi bloklar tayyor bo‘lishi barobarida samolyotlar qabul qilina boshlaydi.

Quruvchilar tushligi osh va tuzlamalardan iborat bo‘lib, taomlar bir martalik idishlarda tortilmoqda, choy ichilgan bokallar esa sterilizatsiya qilinmoqda.

Karantindagilar uchun tushlik poytaxtimizning eng yaxshi restoranlaridan yetkazilmoqda.

Ishchilar (qariyb 3 ming kishi) hazil-huzul, yaxshi kayfiyat ila ishlab, bajonidil suratga tushmoqda.

Qurilish ko‘lami, xizmatlarning bidamligi (xavfsizlik, texnika ta'minoti, DAN xodimlari, energetika va yo‘l qurilish sohasi mutaxassislari, oshpazlar, omborchilar va boshqalar) bir vaqtning o‘zida ish olib borishi ijobiy taassurot uyg‘otdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech