07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Xavfsizlik
24 Mart  2020 1676

Karantin sharoitida ish beruvchilarga qo‘yiladigan talablar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-sonli qaroriga muvofiq idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:

- tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;

- ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va tana harorati yuqori bo‘lgan xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ushbu xodimlar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;

- davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma’lumot berish, kasallangan shaxs bo‘lgan joylarni dezinfeksiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish;

- xodimlarga izolyatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech