04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,5 °C

Mamlakatimizda
27 Aprel  2020 775

Karantini tizimi takomillashadi

Toshkent shahar hokimligi huzurida vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish bo‘yicha maxsus markaz tashkil etiladi.

2020-yil 25-aprelda Hukumatning 254-sonli «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi huzurida Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish bo‘yicha maxsus markaz tashkil etiladi.

Karantin markazining asosiy vazifalaridan biri koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan chiqarishni tashkil etish hisoblanadi.

Karantin markazi Toshkent shahar hokimligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Karantin markazi direktori Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Karantin majmuasiga tegishli mutaxassis, xodimlar va harbiy xizmatchilar biriktirilib, ular mehnat va xizmat faoliyatini asosiy ish joyidan ajralgan va oylik ish haqi (pul ta’minoti) saqlangan holda olib boradi. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Qaror bilan mazkur majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng chegara va bojxona xizmatlari nazoratidan o‘tkaziladi.

Shunga ko‘ra, chegaradan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxati shakllantiriladi va elektron aloqa vositalari orqali markazga yuboriladi.

Markaz shu ro‘yxat asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini ta’minlaydi.

Nizom bilan karantin majmuasiga joylashtirish tartibi belgilandi.

Karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarni nazorat qilish ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari hamda karantin majmuasi xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan navbatchilik guruhlari tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech