24 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Sport
9 Yanvar  2019 1880

Karatechilarimiz muhim reyting musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekistonlik karatechilar 2019-yildagi dastlabki litsenzion musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muhim reyting musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida yig‘inga kirishdilar. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 25-27-yanvar kunlari Parij shahrida o‘tkaziladigan Premer Liga turniriga tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Qayd etish lozimki, 2019-yil davomida Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun reyting musobaqalari o‘tkaziladi.

Terma jamoamiz o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarida quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

- 60 kg: Sadriddin Saymatov
- 67 kg: Iqboljon Uzoqov
- 67 kg: Sanjar Abdukarimov
- 75 kg: Dastonbek Otabolaev

- 50 kg: Baxriniso Babaeva
- 61 kg: Barno Mirzaeva

Murabbiylar: O‘ktam Bekpo‘latov, Dilnoza Bakirova.

Yig‘in 22-yanvarga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech