22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Transport
8 Oktyabr  2019 1314

Endi metro jetonlari o‘rniga HUMO kartasini ishlatish mumkin

Toshkent metropolitenining bir qator bekatlarida plastik karta orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l haqi to‘lovini amalga oshirib, metroga tushish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Quyidagi bekatlarda bugundanoq HUMO kartasi bilan to‘lashni  boshlash mumkin:

- Buyuk Ipak Yo'li ( kirish KF tarafdagi avtobus bekatidan )

- Amir Temur Hiyoboni (barcha kirish joylari)

- Mustaqillik Maydoni (barcha kirish joylari)

- Paxtakor (kirish Davlat konservatoriyasi tarafdan)

- Bunyodkor (kirish Xalqlar do‘stligi saroyi tarafdan)

- Mirzo Ulug‘bek (kirish G‘. G‘ulom bog‘i tarafdan )

- Chilonzor ( kirish 9 qavatli binolar tarafdan)

- Beruniy (kirish Toshkent Milliy Universiteti va O‘zKo‘rgazmaSavdo tarafdan)

- Minor (kirish Moliya instituti yonidan)

- Abdulla Qodiriy (kirish Oloy bozori markaziy pavilyoni yonidan)

To‘lovni amalga oshirish uchun HUMO validatoriga karta bilan tegish kifoya.

Shuningdek, yaqin kunlarda HUMO validatorini boshqa metro bekatlariga ulash rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech