31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Mamlakatimizda
18 May  2020 298

Kasbiy koʻnikma farovonlik omili

Yurtimizga xos Milliy malakalar ramkasi tasdiqlandi

2020-yil 15-mayda Hukumatning 287-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi tasdiqlandi.

Milliy malakalar ramkasi jadval koʻrinishidagi konstruksiya boʻlib, unda har bir malaka darajasi boʻyicha kasb faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan bilimlar, mahorat va koʻnikma, shaxsiy va kasbiy kompetensiyalar, shuningdek, tegishli malaka darajasini egallash yoʻllari belgilanadi.

Xususan, kompetensiyalar quyidagi koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi:

- rahbarlik ostidagi faoliyat;

- mustaqil ijro intizomi;

- rahbarlik faoliyati;

- faoliyat koʻlami — vakolat va masʼuliyatning kengligi, kasbiy faoliyatdagi mumkin boʻlgan xatoning oqibatlari.

Milliy malakalar ramkasi asosida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari ish beruvchilar birlashmalari bilan hamkorlikda tarmoqlar malaka ramkalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Qaror bilan shuningdek, Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (Milliy malakalar tizimi) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Milliy malakalar tizimining vazifalaridan biri ishsizlar va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasbga oʻqitish, malakasini oshirish va qayta oʻqitishni tashkil etishdan iborat, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech