15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,7 °C

Sport
9 Sentyabr  2019 264

Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan katta professional boks kechasi qoldirildi

Toshkent sentyabr oyida katta professional boks kechasi o‘tkazilishi haqida xabar bergandik.

Ammo GoSport.uz internet-nashri O‘zbekiston professional boks federatsiyasidagi manbasiga tayanib xabar tarqatishicha, mazkur tadbir sentyabrda o‘tkazilmaydigan bo‘lgan.

Avvalroq, ushbu boks oqshomi 29-sentyabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” (sobiq “Yunusobod”) sport majmuasida bo‘lib o‘tishi, unda o‘zbekistonlik yulduz bokschilar Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO), Fazliddin G‘oyibnazarov (7-1, 4 KO), Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO), Ulug‘bek Haqberdiev (6-0, 4 KO), Sanjar Tursunov (1-0, 1 KO) Jamshidbek Najmiddinov (13-1, 10 KO) va boshqa bir qator bokschilar ringga chiqishi kutilayotgandi.

Ammo ma'lum sabablarga ko‘ra, mazkur tadbir 29-sentyabr kuni o‘tkazilmaydigan bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kechada mehmon bo‘lishi lozim bo‘lgan afsonaviy bokschi Roy Jons (66-9, 47 KO) sentyabr oyida tig‘iz taqvim tufayli O‘zbekistonga bora olmasligini bildirgan. Shu boisdan ham mazkur boks oqshomi keyinroqqa surilgan. Boks oqshomi noyabrda o‘tkazilishi reja qilinmoqda. Unda Roy Jons faxriy mehmon sifatida ishtirok ettsht kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech