25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Xavfsizlik
6 Aprel  2020 339

Katta miqdordagi pul o‘g‘risi qo‘lga tushdi

2020-yil 26-fevralda ayol kishi Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar IIB ga ariza bilan murojaat qilib, uyidan katta miqdordagi pul yo‘qolganini ma’lum qiladi.

Ayol o‘z arizasida shu kuni taxminan soat 09:00 dan 14:00 ga bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar hyech kim yo‘qligidan foydalanib uning yashash xonadoniga kirganligi, va u yerdgai seyf ichidan jami 40 000 dollar va 293 000 000 so‘m pullar, hamda 15 000 dollarlik tillo taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar qilgan.

Shuningdek, arizasida ushbu shaxslarni aniqlab ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan, Marg‘ilon shahar IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchi 25 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, u 3 aprelda protsessual tartibda ushlangan. Hozir ushbu shaxs gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va undan ashyoviy dalillar olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi IIV Tergov departamenti matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech