23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Xalqaro munosabatlar
12 Aprel  2019 1906

Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2019 yil 14 aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi.

 

Davlat rahbarlari Qosim-Jomart Toqayevning Qozog‘iston Prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng ilk bor uchrashadilar.
 
Tor va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
 
Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan fikr almashadi.
 
Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.
 
Prezidentlar qo‘shni qardosh mamlakatda muvaffaqiyatli yakuniga yetgan O‘zbekiston yilining mantiqiy davomi bo‘ladigan O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadilar. Mazkur yil tadbirlari Qozog‘iston san'at ustalarining konserti bilan boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech