19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Turizm
30 Sentyabr  2019 816

Kazerta va Shahrisabz shaharlari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Italiyaning Kazerta shahri hamda Shahrisabz o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga doir memorandum imzolandi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

26-30-sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan “Anor” xalqaro agroturizm festivali doirasida shu haqida ma'lum qilindi. Ushbu festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy hunarmandchilik va bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘illanuvchi fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda shu asosda hududda agroturizmni rivojlantirishdan iborat. “Bu tadbir hamkorlik munosabatlarimizning boshlanishidir. Kelgusida Kazerta bilan turizm sohasi bo‘yicha hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamalanadi. Bundan tashqari, Italiyaning boshqa shaharlari bilan ham bilan ham kelishuvlar olib borish niyatidamiz” – deydi Qashqadaryo viloyati Turizmni rivojlantirish deportamenti boshlig‘i Otabek Olimjonov.

Qayd etish joizki, Kazerta shahri o‘zining tarixiy obidalari va madaniyati bilan Italiyaning boshqa shaharlaridan ajralib turadi. Bu shaharda XVIII asrda barpo etilgan o‘sha davrning eng ulug‘vor va arxitektura jihatidan yevropa mamlakatlari ichida eng chiroyli hisoblangan Neapoliten qirollarining saroyi barpo etilgan va ular hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan. 1992 yilda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risidagi hujjat imzolangan. Joriy yilda esa Italiyaning Kazerta shahriga O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi davomida shahar munitsipaleti bilan hamkorlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga doir bitim imzolanishiga kelishib olingan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech