02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Tashvishli xabar
10 Mart  2020 1886

Keksa yoshda o‘g‘irlikka qo‘l urganlar

Sirdaryo viloyati katta miqdorda bug‘doy o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi.

2020-yil 4-mart kuni Yangier shahar IIBga 38 yoshli Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi ariza bilan murojaat qilib, 23-fevraldan 4-mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida bug‘doy mahsulotini o‘g‘irlatganini ma’lum qilgan.

Dastlabki tergov-surishtiruv natijasiga ko‘ra, temir yo‘l  yuk vagonidan arizachi — qozog‘istonlik fuqaro  rahbarligidagi MChJga tegishli umumiy qiymati 35 078 400 so‘mlik 19 tonna 500 kilogramm bug‘doy mahsuloti noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketganligini ma’lum bo‘lgan.

Va ushbu jinoyatni 60 yoshli, ikki nafar 43 yoshli  va fuqarolar sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangier shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. G‘arazli maqsadlarni ko‘zlaganlar gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech