19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,5 °C

Xavfsizlik
22 Yanvar  2019 2809

Yolg‘on aksiyalarga aldanib, pulingizdan ayrilmang

Uzcard karta egalarini Uzcard brendi ishlatilgan kiber-jinoyat ro‘yxatga olingani bilan ogohlantiradi.

Uzcard rasmiy saytida yozilishicha, noma’lum shaxslar tomonidan ushbu sayt interfeysi nusxalanib,  Uzcard to‘lov tizimi nomidan  WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya takshkil etilgani yozilgan. Reklamada taqdim etilgan ma’lumotga binoan, ushbu tadbirda qatnashgan ishtirokchilar o‘z karta raqamlarini kiritib, pul miqdori o‘tkazish evaziga ushbu yuborilgan mablag‘dan ma’lum miqdorda foizlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

Rasmiy ma’lum qilinishicha, ushbu aksiya Uzcard banklararo to‘lov tizimi tomonidan tashkillashtirilmagan. Hozirda kompaniya tomonidan ushbu qalloblik hodisasi yuzasidan tergov ishlari boshlangan bo‘lib, yaqin kunlarda uning natijalari borasida ma’lumot berilishi aytilmoqda.

Uzcard banklararo to‘lov tizimi fuqarolardan ogoh bo‘lishni, tekshirilmagan noma’lum internet vositalarga o‘z mablag‘larini ishonib topshirmaslikni maslahat beradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech