17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Salomatlik
11 Iyun  2019 317

Kimlar dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga egaligini bilasizmi?

Vazirlar Mahkamasining “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta'minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta'minlanish huquqiga ega:

 - onkologik kasalliklarga chalinganlar;

- sil kasalligiga chalinganlar;

- moxov kasalligiga chalinganlar;

- endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;

- ruhiy kasalliklarga chalinganlar;

- OIV kasalligini yuqtirganlar;

- yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

- 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

- 1941—1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;

- Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;

- baynalmilalchi jangchilar;

- harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob'ektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech