29 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Salomatlik
24 Mart  2020 417

Kimlar koronavirusga chalingan?

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech