
Kimlarga byudjet mablag‘lari hisobidan imtiyozli tibbiy yordam ko‘rsatilishini bilasizmi?
Quyidagi shaxslarga barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
- bolalikdan nogironlar;
- chin yetimlar;
- I va II guruh nogironlari;
- 1941 – 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
- 1941 – 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
- Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar;
- baynalmilalchi-jangchilar;
- fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam ta'minlangan oilalarga mansub shaxslar;
- 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
- chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 – 27 yoshdagi) shaxslar.
Shuningdek, Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha quyidagilar:
- patologiyali homilador ayollar;
- endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar;
- jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;
- sil kasalligiga chalingan shaxslar;
- onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslar.