17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Mamlakatimizda
4 Aprel  2019 1010

Kimyo sanoatida 31 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan 2019-2030-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Dasturning qiymati 1 milliard AQSh dollariga teng, shu jumladan, 1,7 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Shuningdek dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
  • polimer mahsulotlari, polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadien-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
  • kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.

Xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va “O‘zkimyosanoat” AJ ulushlari quyidagi tartibda sotiladi:

  • investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan potensial investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish yo‘li bilan:
  • “Samarqandkimyo” AJ ustav kapitalidagi 60,35 foiz davlat aksiyalari va “O‘zkimyosanoat” AJning 39,65 foiz aksiyalari“nol” xarid qiymatida;
  • “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ ustav fondidagi “O‘zkimyosanoat” AJning 51 foiz ulushi bozor qiymatida;
  • “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ ustav kapitalidagi 70,54 foiz davlat aksiyalari va “O‘zkimyosanoat” AJning 25 foiz aksiyalari – “Indorama” (Singapur) kompaniyasiga 4,3 million AQSh dollariga;
  • “Farg‘onaazot” AJ ustav kapitalidagi 48,05 foiz davlat aksiyalari va “O‘zkimyosanoat” AJning 2,95 foiz aksiyalari tanlov savdolarida bozor qiymatida;
  • “Elektrkimyozavod” QK AJ ustav kapitalidagi “O‘zkimyosanoat” AJning 26,14 foiz aksiyalarini – ochiq savdolarda bozor qiymatida;
  • “Jizzax plastmassa” AJ ustav kapitalidagi 25 foizgachaaksiyalar – dastlabki bosqichda birlamchi ommaviy taklifni (IPO) o‘tkazish asosida;
  • “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJni aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirib jamiyatning ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalari bozor qiymatida;
  • “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJni aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirib jamiyatning ustav kapitalining 51 foizigacha bo‘lgan aksiyalari bozor qiymatida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech