25 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,2 °C

Urbanizatsiya
10 Yanvar  2020 3513

O‘zbekiston yo‘llarida 7 mln dollarlik Xitoy innovatsiyalari

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida Xitoyning «Tulufan Xindian Ganta» kompaniyasi bosh direktori muovini Li Qizhi bilan muzokaralar tashkil etildi.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/10-yanvar. «Tulufan Xindian Ganta» Xitoyda nafaqat qurilish sementi ishlab chiqaruvchi uchinchi yirik kompaniya hisoblanadi, balki avtomobillar rekonstruksiyasi va yo‘llarini jihozlash masalalari bilan ham shug‘ullanadi.

Suhbat chog‘ida Li Qizhi O‘zbekistondagi mintaqaviy avtomobil yo‘llaridagi mavjud yo‘l yoritkichlarini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarurligini ta'kidladi. Kompaniya O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini yoritish uskunalarini ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish loyihasini amalga oshirishdan manfaatdor va buning uchun 7 mln AQSh dollariga yaqin mablag‘ni ajratishga tayyor.

Xorazm viloyati ishlab chiqarish liniyasini amalga oshirishning dastlabki hududi sifatida belgilangan (mavjud «Hazorasp» EIZni hisobga olgan holda).

Xitoy kompaniyasi rahbariyatining loyiha imkoniyatlarini batafsil o‘rganish uchun shu yilning mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Baholash ijobiy bo‘lsa, «Tulufan Xindian Ganta» kompaniyasi hamda Xorazm viloyati hokimligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech