22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,5 °C

Kеyingi avlod
16 May  2019 2140

Muvaffaqiyat kaliti

Sinov natijalariga ko‘ra, I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (MTU) Toshkent filiali bakalavriyat bitiruvchilari Federal internet-imtihonda (FIIB) oltita «oltin», yettita «kumush», to‘rtta «bronza» sertifikatini ko‘lga kiritdilar.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim sifati turli mahalliy va xalqaro ta’lim reytinglari orqali baholanmoqda. FIIB kabi xorijiy ekspertlarning bunday nufuzli mustaqil baho berishi e’tiborga molik, albatta. I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (MTU) Toshkent filiali neft va gaz fakulteti dekani Shavkat RAVILOV oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bunday loyihaning ahamiyati haqida so‘zlaydi:

– FIIB - sifatli bilim berish, OTMning raqobatdoshligi darajasining alohida bir mezonidir. Bu bakalavriyat bitiruvchilarini federal davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tashqi nufuzli mustaqil sertifikatlash hisoblanadi. O‘zbekistonda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish nuqtai nazaridan bunday xolis baholash alohida ahamiyatga ega.

– Qaysi tashkilotlar test tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda?

– Federal internet-imtihonini amalga oshirish yetakchi universitetlar assotsiatsiyasi, Rossiya milliy akkreditatsiya kengashi va boshqa tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli mumkin bo‘ldi. Uni o‘tkazish universitetning, umuman, mahalliy ta’limning nufuzini oshirishga bevosita yordam beradi.

– Bunda jami qancha oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi?

– Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, MDH mamlakatlaridan 110 dan ortiq muassasa. Filialimiz «FIIB-2019 ning asosiy maydonchasi» maqomi berilishi to‘g‘risidagi guvohnomani oldi.

– Mustaqil ekspertlarning xulosalari qanday mezonlarga asoslanadi va sinov uchun talablar qanday?

– Majburiy sertifikatlashdan o‘tadigan maxsus ishlab chiqilgan pedagogik mezon bo‘luvchi materiallar mavjud. Bundan tashqari, onlayn-imtihon jarayonini tashkil etishda juda qat’iy texnik talablar qo‘yiladi: auditoriyalarni videokuzatuv vositalari, yuqori sifatli internet aloqasi, videotranslyasiyani tashkil etish uchun kompyuter uskunalari bilan ta’minlash, imtihon boshlanishidan to oxirigacha barcha kameralardan aniq tasvirlarni uzatish kabilar. Sinov vaqt zonalarini hisobga olgan holda barcha bazaviy maydonlarda o‘tkaziladi, bu esa ishtirokchilar uchun teppa-teng sharoit yuzaga kelishini ta’minlaydi.

– Loyiha ishtirokchilariga bu nima beradi?

– Bilim darajasini baholashdan tashqari, bitiruvchining tayyorgarligi sifatini tasdiqlash uchun nomiga berilgan sertifikat davlat yakuniy attestatsiyasida, magistraturaga kirish, ishga joylashishda afzalliklar beradi.

FIIBning barcha sovrindorlarini tabriklab, ularga ilmiy va professional kasbini muvaffaqiyatli davom ettirishni tilab qolamiz.

Nadejda Li

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech