20 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,7 °C

Sanoat
10 Yanvar  2020 851

XXR va O‘zbekistonda noyob to‘qimachilik korxonasi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yirik to‘qimachilik korxonasiga tamal toshi qo‘yildi.

O‘tgan yilning 16-noyabrida «HengBang Textile Central Asia» kompaniyasi bilan ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan investitsion kelishuvga erishilib, unga ko‘ra, «Namangan» erkin iqtisodiy zonasining To‘raqo‘rg‘on tumani hududidagi «HengBang Textile Central Asia» xorijiy korxonasi tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Uning to‘qimachilik sanoatidagi boshqa korxonalardan farqi, yangi korxonada ip-kalava tikuvchilik qiyqimlaridan, ya’ni mamlakatimiz tikuvchilik korxonalarining ishlab chiqarish chiqindilaridan yigiriladi. Texnologik jihatdan noyob ushbu loyiha ishga tushirilgach, 1200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

Umumiy loyiha qiymati 30 mln dollarni tashkil etadigan ushbu korxonada yiliga 40 000 tonna ip-kalava ishlab chiqariladi va tayyorlangan mahsulotning salmoqli qismi Rossiya bozoriga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan. Loyiha yiliga 60 million dollarga teng eksport imkoniyatlarini ochadi.

2020-yilning uchinchi choragida korxonaning ishga tushirilishi kutilmoqda. U viloyatdagi eng yirik eksportyor korxonalardan biriga aylanishi mumkin.
Ta’kidlash joiz, 680 gektar maydonni egallagan «Namangan» EIZda bugun umumiy qiymati 513,7 million dollar bo‘lgan 14 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda, deya eslatadi O‘zA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech