29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31 °C

Xavfsizlik
7 Aprel  2020 961

Ko‘chalarda yurgan harbiy texnika BTRmi?

Mudofaa vazirligi tomonidan anglashilmovchilikka oydinlik kiritildi.

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Mudofaa vazirligi Axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov aholidan tushayotgan savollarga javob berdi:

– Yo‘q, bu maxsus texnikani BTR bilan adashtirmaslik kerak. Ming afsuski ayrim fuqarolarimiz bu texnikalarni ko‘rib turli xil salbiy muhokamalarga ham yo‘l qo‘ymoqdalar.

Targ‘ibot ishlariga jalb qilingan BRDM-2 zirhli texnika bazasidagi ZS-82 ovoz uzatkichli moslama aynan targ‘ibot va munozaralar o‘tkazishga mo‘ljallangan. Uning ovoz uzatish quvvati 6 kilometr masofagacha yetadi. Shahar va aholi yashash punktlarida har bir ko‘chaga kirib chiqish kabi ishlarni yengillashtirish maqsadida ushbu texnikalar jalb qilinmoqda. Bundan maqsad ko‘proq hududni ovoz bilan qamrab olish, shu sabab asosiy ko‘chalar, aholi yashash punktlarida targ‘ibot ishlari olib borilyapti.

 Hurmatli va aziz yurtdoshlar, nima bo‘lganida ham harbiy texnikalar va harbiy xizmatchilar bu sinovli davrda ezgu maqsadlar uchun bu tadbirlarga jalb qilinmoqdalar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech