18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Mamlakatimizda
6 Aprel  2019 1314

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yanada qulaylik yaratiladi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (2019 yil 5 aprel, PQ–4270). 

Qarorga muvofiq quyidagilarni amalga oshirishda Ko‘chmas mulk ob'ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan (Reestr) ko‘chirma “yagona darcha” tamoyili asosida beriladi:

-ko‘chmas mulk bitimlarini notarial tasdiqlashda (ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqlar bundan mustasno);

- “E-IJRO AUKSION”da ko‘chmas mulkni auksion orqali sotishda;

- noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha rieltorlik tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda;

- arzon uy-joylar qurishda qatnashayotgan banklar tomonidan – qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda.

2019-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahridagi, 2020-yil 1-yanvardan respublikaning barcha hududlaridagi ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlar haqidagi ma'lumotlar Reestrga faqat elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan elektron kiritiladi va mulkdorga Reestrdan ko‘chirma beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech