03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,3 °C

Mamlakatimizda
27 Aprel  2020 1739

Jamiyat oldidagi javobgarlik haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda «Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan avtoulovlarga stikerlar berish huquqini olgan DSQ bo‘linmalari xodimlari tadbirkorlarga soliqlarni yarim yil oldin to‘lash talab qilayotganligi to‘g‘risida» xabarlar tarqaldi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabatini bildiradi:

1. O‘rta va kichik biznes toifasiga kiruvchi korxonalarning transport vositalariga ruxsat berish uchun mahalliy hokimiyat organlari javobgardir.

Hisobot davri boshlanishi munosabati bilan soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish zarurati yuzaga keladi. Yirik soliq to‘lovchilar esa hokimliklardan ruxsat olish imkoniyati yo‘q.

Shu sababli DSQ Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga ko‘ra, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ro‘yxatiga kiradigan yirik soliq to‘lovchilarga ruxsat beruvchi stikerlar berishni boshladi.

2. Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yirik soliq to‘lovchilarning avtomobillariga ruxsat beruvchi stikerlar https://my.soliq.uz/ portalidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi. Buning uchun elektron ariza yuborish talab etiladi.

3. Avtotransport vositalarini boshqarish uchun ruxsatnomalar berishda soliq to‘lovchilar oldiga soliqlarni oldindan to‘lash kabi qo‘shimcha shartlar qo‘yilmaydi.

4. Arizalar Davlat soliq qo‘mitasiga kelib tushgan kundan e'tiboran bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

5. Agar arizani ko‘rib chiqish natijasi ijobiy bo‘lsa, ruxsatnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi va lozim hollarda YHXB tomonidan haqiqiyligini aniqlash uchun DSQ bazasida saqlanadi. Stikerni yuklab olib, printer orqali chop etish mumkin.

Agarda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ruxsat beruvchi stikerni olish uchun soliqlarni oldindan to‘lash talab qilinganligi haqida aniq faktlar yoki korxonalar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, (71) 244-98-27, (71) 244-98-34 raqamlari orqali DSQ matbuot xizmatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Bunday faktlar tasdiqlangan taqdirda DSQ rahbariyati tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan darhol qat’iy choralar ko‘riladi, deb xabar beradi DSQ matbkot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech