27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Ijtimoiy hayot
23 Mart  2020 1641

Kommunal to‘lovlar uchun imtiyozlar joriy etildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri matbuot kotibi Alipasha Ahmedov ishtirokida onlayn brifing o‘tkazilmoqda.

Alipasha Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, aholining ichimlik suviga bo‘lgan extiyojini e'tiborga olgan holda barcha suv ta'minoti korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan.

Savol-javoblarda, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda mavsumiy reglament ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan issiq suvning vaqtinchalik o‘chirish tadbirlari karantin yakunlanguniga qadar qoldirilgani ham ma'lum bo‘ldi.

Savol: Karantin paytida kommunal xizmatlar (ichimlik suv, kanalizatsiya va issiqlik ta'minoti) uchun to‘lovlarni amalga oshirishda imtiyozlar beriladimi?

Alipasha Ahmedov: Ichimlik, oqova, issiq suv ta'minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga Karantin davrida to‘lovlar uchun jarimalar va peniyalar joriy etilmaydi hamda qarzdor iste'molchilar bo‘yicha sudlarga da'vo arizalari kiritilmaydi, iste'molchilar suv va kanalizatsiya tarmoqlaridan uzilmaydi.

Bundan tashqari, suv hisoblagichlarning davlat qiyoslov ko‘rigi muddati yaqinlashgan yoki muddati kelgan suv hisoblagichlari bo‘yicha hisob kitoblar avvalgi o‘rtacha kunlik me'yorlar asosida amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech