09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,2 °C

Fikr
5 Yanvar  2019 6840

Qosh qo‘yaman deb...

- Oyi, yarim soatgina kompyuterda o‘ynay.

- Yo‘q, bugunga yetadi. Shusiz ham, kun bo‘yi kompyuterda o‘tiribsan.

- Iltimos.

- Yo‘q, dedim.

- Oyijon, iltimos, xo‘p deya qoling!

- Obbo! Bo‘pti, yana yarim soat, undan oshmasin!

Ushbu dialogdan kimdir o‘zini tanigandir, albatta. Ammo bundan bolakay kompyuterni o‘chiradimi-yo‘qmi, aytolmasa kerak. Bizning taxminimizcha, yo‘q. Aslida ko‘pgina ota-onalar bolalariga yoqadigan o‘yin syujeti va mazmun-mohiyati haqida bilmaydi ham.

Yaqinda tortishayotgan ota-ona muloqotiga guvoh bo‘ldik. Ulardan biri kompyuter o‘yinlari xavfsiz, derdi, o‘ylashicha, hayotimizni aks ettirgan. Agar bunday o‘yinlardan qutulib bo‘lmasa, ularning «foydali»roqlarini topish kerakdir.

Misol tariqasida «Maynkraft» o‘yinini aytishdi. To‘g‘ri, bir qarashda o‘yin ijodiy tafakkurni va strategik fikrlashni o‘stiradi. Internet qidiruvchi so‘rovga yuzer (inglizcha user - foydalanuvchi)ning kubsimon bloklardan tashkil topgan va yuzaga kelgan uch o‘lchamli olami ekani to‘g‘risidagi ma’lumotni topib beradi. Bloklarning joylarini o‘zgartirib, turli inshootlar qurish mumkin. Konstruktor o‘yiniga ham o‘xshaydi. O‘yin biror aniq maqsadni o‘z oldiga qo‘ymaydi, balki dunyoni tadqiq etish, ob’ektlar qurish va dushmanlar bilan kurashishni taklif etadi.

Yanada to‘laroq tasavvurga ega bo‘lish uchun ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdik. Ularning har biridan ushbu o‘yin haqida nimalar bilishini so‘radik.

Ko‘pchilik ota-ona bu o‘yinning keng tarqalgani va farzandlariga yoqishini aytishdi.

Boshqalari esa ekranda sodir bo‘layotgan harakatlarni tushunmay, piksel bloklarining hyech qanday yomon tomoni yo‘q, degan xulosaga kelishdi. Bittasi, hatto: «Farzandim bu o‘yinga qiziqib qolganida otishmalari yo‘q virtual olamli o‘yin yaratishibdi-da, degan fikrga borgandim. Ammo vaqt o‘tishi bilan uning xatti-harakatlari o‘zgara boshladi. U endi yanayam ko‘p vaqtini kompyuter oldida o‘tkazardi. Kompyuterni o‘chirish va darslarini tayyorlash kerakligi haqidagi gapga tajovuzkorlik bilan javob qaytaradigan bo‘ldi. Natijada o‘yinni o‘chirib tashladik».

Umumiy hisobda farzandlari boshlang‘ich sinfga boradigan ellikka yaqin ota-ona bilan suhbat o‘tkazdik. Ularning aksariyati farzandlarining bunday kompyuter o‘yinlariga mukkasidan keta boshlaganini qayd etishdi. Faqat uchtasigina bu o‘yinni umuman bilmasligi va farzandlari bo‘sh paytida bunday o‘yinlar o‘ynamasligini aytishdi.

Shaxsiy kuzatuvimdan.

…Aka-uka «Maynkraft» o‘ynamoqda. Agar ular o‘rtasidagi tortishuvga e’tibor berilsa, nima haqida gapirishayotganini tushunib bo‘lmaydi.

- Tegma, mening shisham.

- Yaqinlashma, bu sening bitlaring emas. Men daydidan ham, sendan ham kuchliroqman, bilding?!

So‘nggi gap, yumshoqroq aytganda, kishini taxtaday joyida qotiradi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur o‘yinda bir nechta syujet bor ekan. Ular orasida katta shaharda tirik qolishga urinadigan yashash-turishining tayini yo‘q, boshpanasiz, daydi shaxs eng taniqlisi ekan. Aniqlanishicha, o‘ynayotganlar virtual olamda kim eng ko‘p shisha idish yig‘ish bo‘yicha musobaqalashar ekan.

O‘yinda ota-onalar bilmaydigan yana qancha syujetlar bor. Kamiga aksariyat hollarda bolasi xalaqit bermasligi uchun qo‘liga gadjet tutqazib qo‘yadiganlari ham topiladi. Biron nima bilan ovuntirib qo‘yish yaxshi, albatta, kun bo‘yi tovushi chiqmaydi, ko‘rinmaydi, to‘polon qilmaydi. Keyin farzand kompyuter oldida yoki qo‘lida telefon bilan ortiqcha vaqt o‘tirish uchun kattalar nimani buyursa, bajarishga tayyor bo‘ladi. Biroq bunday noreal olamga chuqur kirib ketish real hayotda kattalar va bola o‘rtasida ulkan jarlikni hosil qiladi.

Ertaga jajji farzandingiz chin dildan tumandagi eng zo‘r daydiga aylanishni orzu qila boshlasa, qanday yo‘l tutasiz?

Oksana Malosabirova.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech