20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

IT-xabarlar
8 Oktyabr  2019 1187

«O‘zavtosanoat» AJning startap-loyihalar tanlovi

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati IT, E-Auto va Smart City sohalarida taqdim etadigan ishlari bo‘lganlar uchun UzAuto Market innovatsion platformasida startap-loyihalar tanlovini e'lon qiladi.

Sovrin jamg‘armasi 60 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Eng yaxshi uchta loyiha mualliflari 30, 20 va 10 million so‘m oladilar.

Tanlovning talablari:

- ishlanmalar asosli, tijoriy jihatdan o‘zini oqlashi, shuningdek, amaliyotga tatbiq etishga tayyor bo‘lishi lozim;

- loyihlar texnologiyasi foyda keltirishi va iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lishi lozim - xarajatlarni kamaytirish, jarayonlarni optimallashtirish va sotishni oshirish;

 - biznes mahsulot sifatidagi yechim samaradorligi prognoz ko‘rsatkichlar bilan taqdim etilishi lozim.

Ariza berish uchun elektron anketani to‘ldirish va g‘oyani maxsus shakl yordamida yuborish kerak. Komissiya tomonidan o‘z loyihasining allaqachon tayyor test namunasini taqdim etgan tanlov ishtirokchilarga afzallik qaratiladi.

Tushgan arizalardan 20 ta eng yaxshi startaplar tanlab olinadi. Mualliflar esa ularni joriy yilning 31-oktabr kuni UzAuto Market innovatsion startap platformasida, quyidagi manzilda taqdim etishlari mumkin: Toshkent, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 28a-uy.

Arizalar 27-oktabr soat 24:00 gacha qabul qilinadi.

Ma'lumot:

UzAuto Market startap maydoni – bu O‘zbekiston avtomobilsozligi uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda o‘z g‘oyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi birinchi loyihadir. Maydon O‘zbekiston va uning tashqarisidagi odamlarni birlashtirishga va g‘oyadan biznesgacha bo‘lgan yo‘lni mustaqil hamda xorijiy investitsiyalarsiz bosib o‘tishga yordam beradi. Startap-platforma – ishlab chiquvchilar, ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida bevosita hamkorlik asosida amalga oshiriladigan birgalikdagi harakatning yangi shaklidir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech