18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Mamlakatimizda
15 May  2019 585

Konsertga biletni majburlab sotgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi

Xalq ta’limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan “35 000 so‘mlik majburiy bilet” va “O‘qituvchilarga sotilayotgan majburiy bilet” nomli maqolalarida keltirilgan ma’lumotlar o‘rganildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Mazkur jarayonda Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati, umumta’lim maktablari direktorlari hamda konsert dasturi tashkilotchilari shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab pedagog-xodimlarni majburiy ravishda konsertga jalb qilganliklari aniqlandi.

Jumladan, Qarshi shahri XTB tasarrufidagi 23-sonli umumta’lim maktabi direktori v.v.b. R.N va 19-sonli umumta’lim maktabi direktori S.A 35 000 so‘mlik har bir chipta sotuvidan 5000 so‘mdan o‘zlariga qolishi borasida konsert tashkilotchisi bilan o‘zaro kelishgan. So‘ngra 100 dona konsert chiptasini o‘qituvchilarga majburan sotishgan.

Huquqiy-nazorat xizmati xodimlarining aralashuvidan so‘ng maktab direktorlari shu kungacha o‘qituvchilarga sotilgan konsert chiptalari pullarini qaytarib berishgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Qarshi shahar XTB mudiri o‘rinbosari R.Jga hayfsan intizomiy jazo chorasi berildi. 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori v.v.b. R.N egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 19-umumta’lim maktabi direktori S.A. joriy yilning 8-mayidan buyon sog‘lig‘i yaxshi emasligi tufayli davolanayotgani bois unga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko‘rish keyinga qoldirilgan.

Hozirda Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.U. va Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri B.E.ga intizomiy jazo berish masalasi ko‘rilmoqda.

Hurmatli pedagoglar! Siz faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasida ham shu kabi holatlar yuzaga kelsa, Xalq ta’limi vazirligining “Ustoz ovozi” virtual inspektor tizimining telegram boti yoki +99899 988 10 06 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech