22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,6 °C

Xavfsizlik
11 Sentyabr  2019 345

Kontrafakt disk sotuvchilar bozori yurmaydigan bo‘ldi

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik tadbirlar davomida Bektemir tumani «Qo‘yliq dehqon bozori» hududida fuqaro Eshonqul Dilmurodov (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan savdo faoliyatini amalga oshirayotgani aniqlandi, deb xabar beradi Toshkent shahar DSB matbuot xizmati.

Natijada 287 dona umumiy qiymati 1 mln. 435 ming so‘mlik sifatsiz, litsenziyalanmagan, kontrafakt DVD va SD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Yana bir fuqaro Boymurat Eshmatovning ham noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Hyech qanday hujjatsiz disk mahsulotlari bilan savdo qilayotgan soxta tadbirkordan 263 dona, umumiy qiymati 1 mln. 315 ming so‘mlik mahsulotlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda fuqaro Ne'matulla Boltaev tomonidan «Aviasozlar dehqon bozori» yonida jami 350 dona umumiy bahosi 1 mln. 750 ming so‘mlik kontrafakt disklar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Hyech qanday hujjatlarsiz savdo qilayotgan yana bir fuqaro Salohiddin Roziqovdan umumiy bahosi 3 mln. 280 ming so‘mlik 656 dona kontrafakt disk mahsulotlari olib qo‘yildi. Ushbu fuqaro ham o‘z moddiy manfaatini ustun qo‘yib, noqonuniy savdo faoliyatiga voyaga yetmagan yoshlarni jalb qilgan. Ya'ni, endigina 14 yoshga to‘lgan jiyanining qo‘liga kitob berib, jamiyat hayotida ilm olishdek muhim vazifani bajarishga ko‘maklashish o‘rniga kontrafakt disklar savdosi bilan band qilib, cho‘ntakni to‘ldirish bilan ovora bo‘layotgani achinarli hol, albatta.

Joriy yilning o‘tgan davrida davlat soliq xizmati organlari tomonidan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 260 holatda 94 ming dona umumiy qiymati 376 mln. so‘mlik litsenziyalanmagan, kontrafakt tarzda ko‘paytirilgan DVD va SD disklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech