06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Urbanizatsiya
10 Fevral  2020 2394

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

2020-yil 7-fevralda Hukumatning Ayrim hududlarda «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazishga oid qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Qonun normalarini hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning tartib-taomillari samaradorligini aniqlash huquqiy eksperimentning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida aholi uchun maslahat punktlari tashkil etiladi.

Qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari umumiy yig‘ilishida belgilanadi.

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish:

- bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan;

- yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot yoki jismoniy shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tomonidan shartnoma asosida;

- uy-joy mulkdorlari shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Huquqiy eksperiment o‘tkazish davrida «Eng yaxshi boshqaruvchi» tanlovi tashkil etilib, eng yaxshi boshqaruvchining ish tajribasi OAVlarda keng yoritiladi.

Qaror bilan huquqiy eksperiment o‘tkazish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech