06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Turizm
9 Iyul  2020 428

Koreya sayyohlik agentliklari uyushmasi bilan hamkorlik oʻrnatildi

Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Janubiy Koreya Sayyohlik agentliklari uyushmasi (KATA) vakillari oʻrtasida videokonferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov, KATA raisi Chang Xi Ox, uyushmaning masʼul xodimlari, shuningdek Koreyaning “Hana Tour” va “Modetour” kabi yetakchi turoperatorlari vakillari ishtirok etdilar. KATA raisi Chang Xi Oh koronavirusning salbiy asoratlarini bartaraf etishda birgalikda harakat qilish muhimligini taʼkidlar ekan, Koreya sayyohlik kompaniyalarining ikki mamlakat oʻrtasida sayyohlik almashinuvini tiklash uchun Oʻzbekiston bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Tadbir ishtirokchilari Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan mamlakatimizda turizm sohasini tiklash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Uzbekistan. Safe travel Guaranteed” (“Oʻzbekiston. Xavfsiz sayohat KAFOLATLANGAN”) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimini yuqori baholashdi. Tadbir davomida koreyalik sayyohlar orasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini targʻib qilish maqsadida xavfsiz turizm tizimini joriy etish hamda reklama-marketing faoliyatini jadallashtirish boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakuniga koʻra, turizm sohasida uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qiluvchi ikki tomonlama shartnomani imzolash masalasini koʻrib chiqishga doir kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun: 1991-yilda tashkil topgan KATA uyushmasi turizm sohasida faoliyat yuritadigan 2 mingdan ortiq koreys kompaniyalarining manfaatlarini ifoda etadi. Assotsiatsiya tarkibiga vazirliklar, mahalliy hokimiyatlar vakillari va Koreya Respublikasining yetakchi aviakompaniyalari, shu jumladan, “Korean Air” va “Asiana Airlines” aviakompaniyalari, shuningdek, xorijiy sayyohlik tashkilotlari filiallarining maxsus aʼzolari kiradi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech