27 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Turizm
17 Dekabr  2019 1222

Koreya va Yaponiyada Buxoro haqidagi birinchi “Guidebook” chop etildi

Koreyaning “Cartographiya” hamda Yaponiyaning “Globe Trotter Guidebook” nashriyotlari vakillarining O‘zbekistonga, jumladan, Buxoro viloyatiga oshirgan tashrifi natijasida joriy yilning noyabr oyi so‘nggida Koreya va Yaponiyada “Bukhara Travel Guide Book” kitobining yapon tilidagi ilk nashri ming nusxada chop etildi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Ta'kidlash joizki, “ World friends Korea ” va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Buxoro davlat universitetining o‘zaro hamkorligidagi bu kabi ko‘lamli tadbirlar esa nafaqat Buxoro viloyati, shuningdek, mamlakatimiz bo‘ylab ham turizmni  rivojlantirishga va sayyohlar oqimining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumot o‘rnida: mazkur kitobda viloyatning boy sayyohlik salohiyatini mukammal aks ettirish maqsadida barcha tarixiy madaniy meros ob'ektlari va muqaddas yetti pirlar ziyoratgohlari barobarida, viloyatning gostranomik va eko turizm salohiyati hamda milliy qadriyatlari va bayramlari ham keng namoyish etilgan to‘plamda 4 ta qismdan iborat maxsus xaritalar keltirilgandir.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech