29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
15 Iyun  2020 1013

Dunyoda 15-iyundagi qiziq voqealar

Oʻzbekiston bugundan boshlab xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi. Borish mumkin boʻlgan davlatlar “yashil”, “sariq” va “qizil” mamlakatlarga boʻlinadi. Aviaqatnovlar barqaror sanitar-epidemiologik vaziyat boʻlgan davlatlar bilan tiklanadi.

 

Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov koronavirusdan zararlandi, Bosh vazir Asqar Mamin esa oʻzini izolyatsiya qildi, dab xabar beradi Tengri News.

The Federalnig xabar berishicha, Hindiston hukumati pandemiya boshlangandan beri COVID-19 dan zararlanishlar ortishining eng yuqori darajasi toʻgʻrisida maʼlum qilgan.

Pekinning eng yirik ulgurji oziq-ovqat bozorlaridan biri “Sinfadi”da koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Xinhua axborot manbasi.

Germaniyada smartfonlar uchun koronavirus bilan zararlanish xavfidan ogohlantiruvchi mobil ilova ishga tushirilmoqda. Ilova smartfon egalarining harakatlarini qayd etib boradi va ularni COVID-19 yuqtirgan odamlar bilan aloqasi toʻgʻrisida ogohlantiradi, deb xabar beradi Reuters axborot manbasi.

Xuddi oʻsha manbaning tarqatgan xabarga koʻra, Avstriya hukumati tadbirkorlarning raqamlashtirish, tibbiy-biologik, ilm-fan va sogʻliqni saqlash sohasidagi xarajatlarini hukumat qoplashini maʼlum qilgan. Shuningdek, ishsizlarga bir martalik toʻlov, shuningdek, bolali oilalarga koʻproq yordam berish kutilmoqda.

Fransiya hukumati mamlakatda cheklov tadbirlarini yana-da yengillashtirish toʻgʻrisida maʼlum qildi, 15-iyundan boshlab Parij va poytaxtdagi Il-de Frans hududida kafe va restoranlar faoliyatini toʻla tiklashi mumkin, deb xabar beradi Politico axborot manbasi.

Economic Times tarqatgan xabarga koʻra, Ispaniya hukumati mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarga 3,7 milliard yevro yordam paketini qabul qilishni rejalashtirmoqda. Dastur avtomobillarga, ayniqsa elektr uzatmali mashinalarga investitsiya va talabni jonlashtirishga yoʻnaltiriladi. Avtomobil sanoatiga Ispaniyaning 10% YAIM toʻgʻri keladi, uning mahsulotlari esa jami mamlakat eksporti hajmining qariyb 20 foizini tashkil etadi.

Chili hukumati pandemiyaning iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurash uchun fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga 12 milliardAQSH dollari ajratishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi NYT axborot manbasi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech