29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
16 Iyun  2020 668

Koronavirus dunyoda turli taxminlarni keltirib chiqaryapti

Dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 8 milliondan oshdi, 435 000 kishi vafot etdi, deb xabar beradi DW.

AQSH oziq-ovqat mahsulotlari va medikamentozlar sifatini sanitar nazorat qilish idorasi (FDA) bezgakka qarshi dori vositasi — “gidroksixloroxin”dan koronavirusni davolashda foydalanishni taqiqlagan. Mart oyida FDA COVID-19 ning ayrim jiddiy holatlarida preparatdan foydalanishga ruxsat bergan edi,deb xabar beradi BBC.

Reuters tarqatgan xabarga koʻra, Italiyada mart oyi boshidan buyon COVID-19 qurbonlari soni rekord darajada pasaygani aniqlangan. Bir kunda 26 nafar odam vafot etgan.

Mutaxassislarning fikricha, Janubiy Koreyada infeksiyaning navbatdagi epidemiyasi boshlanmoqda, agar hukumat ijtimoiy masofa qoidalarini qatʼiylashtirmasa, iyul oyida bir kunda 800 tagacha yangi holat aniqlanishi mumkin, deb taxmin qiladi New York Times.

Vashington universiteti huzuridagi salomatlik koʻrsatkichlari va baholash institutining yangi prognoziga koʻra, oktyabr oyi boshida AQSHda koronavirusdan vafot etganlar soni 200 000 kishidan oshishi mumkin, deb taxmin qiladi Fox News.

Guardian tarqatgan xabarga koʻra, Pekin hukumati koronavirus epidemiyasini “favqulodda ogʻir”, deb taʼriflashdi hamda sport va koʻngilochar obyektlar yopildi. Dushanba kuni kechqurun Xitoy poytaxtining ayrim joylariga karantin eʼlon qilindi. Xavf guruhidagi fuqarolar shaharni tark etisholmaydi.

London imperial kolleji tadqiqotchilari shu hafta COVID-19 ga qarshi vaksinaning klinik tajribasini boshlashadi. 18 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan barcha ishtirokchilar vaksinani ikki dozada olishadi. Tadqiqot Buyuk Britaniya hukumati tomonidan 51 million dollar miqdorida moliyalashtirilgan, deb xabar beradi The Guardian.

NYT axborot manbasi xabar berishicha, 23-iyundan BAA fuqaro va aholisiga sayohat qilishga ruxsat beriladi.

Keyingi haftadan boshlab AQSH va Xitoy oʻrtasida qisman aviaqatnovlar tiklanadi, deb xabar beradi Wall Street Journal.

Norvegiya fuqarolik huquqlari buzilishi ehtimoli sabab COVID-19 tarqalishini kuzatish uchun Smittestopp mobil ilovasidan foydalanishni toʻxtatdi. Norvegiya sogʻliqni saqlash instituti maʼlumot toʻplashni toʻxtatdi va ilovadan barcha maʼlumotlarni oʻchirib tashladi, deb xabar beradi Bloomberg.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech