04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Dolzarb
24 Mart  2020 297

Koronavirus pandemiyasi Pentagon rahbarini tashvishga solmoqda

Koronavirus pandemiyasi AQSh qo‘shinlarining jangovor tayyorgarligiga salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin, dedi Pentagon rahbari Mark Esper.

«Agar mazkur pandemiya shu sur'atda davom etsa, ya'ni ko‘pchilik aytayotgandek, bir necha oyga cho‘zilsa, uning qo‘shinlarimiz jangovor tayyorgarligiga   ta'siri sezilarli bo‘ladi», — dedi  Esper matbuot anjumanida.

Jangovor tayyorgarlikning susayishi pandemiya tufayli qator harbiy mashqlarning bekor qilinishi bilan bog‘liqdir.

Shu bilan birga, vazirning ta'kidlashicha, mudofaa vazirligi bundan keyin ham «mamlakatni himoya qilishga tayyor» turadi, deb xabar beradi RIA «Novosti».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech