25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11 °C

Dolzarb
20 Mart  2020 1001

Koronavirus sharoitida turizm istiqboli qanday?

Koronavirus pandemiyasi turizm sohasini butunlay oʻzgartirib yuboradi. Odamlar yaqin kelajakda ommaviy tartibda xorijga sayohat qilmay qoʻyadi, ular ichki turizmni maʼqul koʻradilar. Ispaniyalik turizm sohasi eksperti Fernando Galyardo RIA Novostiga bergan intervyusida ushbu fikrlarni aytib oʻtdi.

“Turistik faollik ayni paytda karaxt holatda, Yevropa, Xitoy, Lotin Amerikasi mamlakatlari chegaralarini yopib qoʻygan. Bu mintaqalarda juda koʻp odamlar yashaydi, ular hech qayoqqa bormaydi va yaqin kelajakda sayohatga chiqmaydi”, — deydi ekspert.

Uning fikricha, sayyohlik oqimi “shunchaki toʻxtaydi”, bunday vaziyatda ular biror bir yoʻnalish boʻylab taqsimlana olmaydilar.

Bu qisqa istiqbol uchun aytilgan fikr. Uzoq istiqbolda esa iqtisodiy karaxtlik butun dunyo iqtisodiyotiga taʼsir koʻrsatadi. Iqtisodiy tushkunlik sharoitida turizm sohasi oʻz qaddini tiklab olishiga odatdagidan ham koʻproq vaqt kerak boʻladi, — deya taʼkidladi u.

Ekspertning fikricha, ushbu vaziyatdan birinchi boʻlib Xitoy chiqishni boshlaydi, biroq xitoyliklar Yevropaga ham, AQSHga ham, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlariga ham safar qilmaydi, chunki u yoqlarda boshqa turdagi epidemiyalar mavjud va sanitariya tizimi ham yaxshi emas. “Bu ichki turizm boʻladi”, — deydi Galyardo.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech