26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,7 °C

Dolzarb
21 May  2020 347

21-mayda dunyoda nima gap

JSST maʼlumotiga koʻra, oʻtgan 24 soat davomida dunyo miqyosida pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan zararlanishning eng yuqori koʻrsatkichi qayd etilgan (106,000), deb xabar beradi Interfaks.

Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, “Tengizshevroy” neft konida vaxta shaharchasida karantin tadbirlariga eʼtiborsizlik COVID-19 kasalligining avj olishiga olib keldi. Bunda 935 xodim infeksiya yuqtirgan, deb xabar beradi Tengrinews axborot manbai.

The Guardian axborot manbasining xabar berishicha, Yangi Zelandiyada pandemiya sharoitida yangi chora sifatida haftada 4 kunlik ish tartibiga oʻtish koʻrib chiqilmoqda. Hukumat maʼlumotlariga koʻra, qisqartirilgan grafik ichki turizmni jonlantirishga yordam beradi ekan.

Yaponiya hukumati Osaka, Kioto va Xiogoda favqulodda holat rejimini bekor qiladi. Bu haqda Japan Times xabar beradi.

Ispaniya hukumati 21-maydan boshlab yopiq bino va koʻchada niqob taqish majburiy boʻlishi toʻgʻrisida maʼlum qildi. Niqob taqish imkoni boʻlmaganda 2 metr masofa saqlash lozim, deb xabar beradi Guardian axborot manbai.

The Telegraphning xabar berishicha, Boliviyada sogʻliqni saqlash vaziri Marselo Navaxas korrupsiyada ayblanib qoʻlga olingan. Mansabdor shaxs 170 dona oʻpka sunʼiy ventilyatsiyasi apparatini (IVL) yuqori narxda davlat tomonidan sotib olinishiga koʻmaklashganlikda ayblanyapti.

Germaniya hukumati “Lufthansa” aviakompaniyasini qoʻllab-quvvatlash uchun 9 milliard yevro ajratadi, deb xabar beradi Reuters

Xuddi shu manbaning xabar berishicha, chorshanba kuni Turkiya “Turkish Airlines” aviakompaniyasi xalqaro reyslarni bekor qilish muddatini 10-iyunga qadar, mahalliy parvozlarni esa 4-iyunga qadar uzaytirilgani haqida maʼlum qilgan. Avvalroq, kompaniya 28-maydan parvozlarni tiklashni rejalashtirgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech