29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
8 Iyun  2020 1143

Koronavirus dunyo boʻylab , 8-iyunda nima gap?

Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasidan 400 mingdan ortiq odam vafot etdi, COVID-19 ga chalingan bemorlar soni 7 milliondan oshdi, deb xabar beradi Johns Hopkins University axborot manbai.

Al Jazeera axborot manbasining xabariga koʻra, bugun Indoneziya va Hindiston, shuningdek, AQSHning ayrim shtatlari, xususan Nyu Yorkda karantin cheklovlari yengillashtiriladi.

Yangi Zelandiyada birorta ham COVID-19 kasalligining faol holati qolmadi, deb yozadi The Guardian.

Dushanba kuni Vetnam Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo toʻgʻrisida kelishuvni ratifikatsiya qildi. Ushbu bitim tovarlarning 99% tarifini bekor qiladi va Vetnamga pandemiyadan keyingi iqtisodiyotni tiklashga kerakli koʻmakni taʼminlaydi, deb xabar beradi Reuters.

Reuters hisobotiga koʻra, Yaponiyada birinchi chorakda YAIMga kapital pul qoʻyish oʻsganiga qaramay iqtisodiyotda sezilarli inqiroz kuzatilmoqda. Mamlakat hukumati umumiy qiymati 2,2 trillion AQSH dollari miqdorida ikkita ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlar paketini tuzdi. Biroq koʻplab tahlilchilar barqaror tiklash boshlangunga qadar vaziyat yomonlashishini taxmin qilmoqda.

Xuddi shu manba tarqatgan xabarga koʻra, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi mamlakatdan uchayotgan yoʻlovchilarni pandemiya bilan bogʻliq har qanday vaziyatda ham uylariga yetkazishni kafolatlashini maʼlum qilgan. Xususan, agar yoʻlovchiga borayotgan davlatiga tana harorati oshgani yoki epidemiyaning navbatdagi toʻlqini boshlangani sabab kirish taqiqlansa, karantinga olishni kafolatlaydi.

2021-yilga kelib Britaniya universitetlarida chet ellik talabalar soni keskin kamayishi, shu jumladan 585 million dollar miqdorida chet ellik talabalardan tushadigan daromad miqdori ham kamayishi taxmin qilinmoqda, deb xabar beradi The Times.

Fransiya hukumati koʻchalarda niqob va tamaki qoldigʻini tashlaganlik uchun jarimalar miqdorini oshirdi. Endi qoidabuzarlar 135 yevro toʻlashga majbur boʻlishadi, deb xabar beradi The Telegraph.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech