15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,6 °C

Mamlakatimizda
5 Noyabr  2019 340

“O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimi joriy etilmoqda

“O‘zkimyosanoat” va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ushbu tizim korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi – Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida joriy etilmoqda.

Ushbu loyiha yetakchi halqaro tashkilotlardan biri hisoblangan halqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech