10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,2 °C

Xavfsizlik
24 Fevral  2020 888

Korrupsiyaga qarshi kurashda yoshlar chetda turmaydilar

Ta’lim va Sog‘liqni saqlash tizimlarini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirishda yoshlarning o‘rni masalasi bir qator ta’lim muassasalarida muhokama etilmoqda. Shunday uchrashuvlardan «Ta’lim tizimini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirishda yoshlarning o‘rni» mavzusida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida, hamda «Sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirishda yoshlarning o‘rni» mavzusida  Toshkent tibbiyot akademiyasida universitet va akademiya talabalari hamda yosh o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tdi.  

 

Mazkur tadbirlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashabbusi bilan tashkillashtirildi.

Uchrashuvlarda asosiy urg‘u ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, iqtisodiyotga, siyosiy va ijtimoiy muhitga umuman mamlakat rivojiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri va oqibatlari haqida yoshlarga keng tushunchalar berildi.

Shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida yoshlarning o‘rni hamda kelajakda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirishda murosasizlik muhitini shakllantirishda ularning roli beqiyos ekanligi ta’kidlandi.

Shu kabi mavzudagi uchrashuvlar mamlakatimizning boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech