18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,9 °C

Bilasizmi?
27 Iyun  2019 698

Kosmosda sirli nur qayd etildi

Xalqaro olimlar guruhi kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori energiyaga ega anomal fotonlarni qayd etdi. Astronomlarning fikricha, yorug‘lik zarralari superyangi yulduzning qoldiqlari chiqargan kosmik nurlar bilan birga Qisqichbaqasimon tumanlikdan uchib kelgan, deyiladi Phys.org matbuot-relizida.

Tadqiqotchilar sayyoramizning yuqori qatlamlarida yuzaga kelgan va yer gazlari tarkibidagi atomlar bilan to‘qnashuvdan hosil bo‘lgan zarralar yomg‘irini kuzatdilar. Jami 100 teraelektronvolt (trillionlab elektrvolt, TeV) energiyaga ega fotonlar hosil bo‘lgan 24 ta shunday yomg‘ir qayd etildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, fotonlardan birida 450 TeV energiya bo‘lishi lozim edi.

Kuzatuv Tibet platosida joylashgan «Gibma Collaboration Tibet Air Shower» observatoriyasida olib borildi. U 65 ming kvadrat metr maydonda joylashtirilgan 600 ta zarralar detektorini o‘z ichiga oladi. Olimlar yuqori energiyali proton va atom yadrolarining atmosfera bilan to‘qnashuvida hosil bo‘lgan myuonlarni qayd etishni tahlildan chiqarib tashladilar.

Qisqichbaqasimon tumanlik eramizning 1054-yilida boshlangan superyangi yulduzning qoldiqlaridir. Ushbu ob'ekt bizdan taxminan 6500 yorug‘lik yili masofasidagi Persey yengida joylashgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech