19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Xavfsizlik
28 Avgust  2019 524

Koson tumanida MIB xodimi kaltaklandi

23-avgust kuni Koson tumani “Quyibog‘” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimiga urib tan jarohati yetkazdi, deya ma'lum qiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

MIB Koson tuman bo‘limi davlat inspektorlari “Quyibog‘” mahallasida yashovchi fuqaro J.Q.ning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanish holatlarining qonuniyligini tekshirish uchun borishadi. Fuqaroning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirayotgan paytda J.Q.ning ukasi S.Q. (1985 y.t.) aralashib, davlat inspektorlarini qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlab, ularning tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 27-avgust kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech