05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Sanoat
9 Mart  2020 614

Ko‘rgazma-yarmarka tijoratning muhim bo‘g‘ini

Istambulda 17- Xalqaro ip-kalava ko‘rgazma-yarmarkasi «International Istanbul Yarn Fair 2020» bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 22 mamlakatning yirik kompaniyalari o‘z mahsulotlarini 300 dan ortiq stendlarda namoyish etdilar va dunyoning 81 mamlakatidan 10 mingdan ortiq mehmonlar tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur tadbirda «Made in Uzbekistan» yagona milliy brendi ostida yetakchi mahalliy to‘qimachilik mahsuloti ishlab chiqaruvchilari guruhi tarkibida ishtiroki etdi.

Joriy yilda to‘qimachilik sohasida erishgan yutuqlarini 20 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonalari vakillari namoyish etdilar. Ular orasida «Tan teks grupp», «Osteks», «Mergan teks», «Paxtakor tekstil», «Kuva tekstil», «Karakul Asaka tekstil», «LT TEXTILE INTERNATIONAL», «Surxon sifat teks», «Marokand tekstil», «Yusang teks, «Flanit tekstil» kabi mas'uliyati cheklangan jamiyatlari va boshqalardir.

Ushbu ko‘rgazma yevropa va Osiyoning ishlab chiqaruvchilari, salohiyatli buyurtmachi va ekspertlari uchun muhim kelishuvlarga erishishga xizmat qiluvchi noyob platforma hisoblanadi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech