23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,4 °C

Energetika
11 Iyul  2019 1492

Energetiklarning qalb hayqirig‘i

Mamlakatimizda elektr energiyasini uvol qilmaslik, ishlatilmayotgan manbalarni o‘chirib qo‘yish, energiya tejovchi chiroqlar o‘rnatish lozim, deb juda ko‘p aytiladi. Ustuvor vazifa – resurslarni tejash, lekin boshqa sabablari ham bor.

– O‘lkamizdagi yirik quvvatlarning rivojlanishi Ikkinchi jahon urushi davridan gidroelektrostansiyalar qurilishi bilan boshlangan, – deydi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot brifingida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ raisi Ruslan Mubarakshin. – Sanoat korxonalari bilan bir qatorda, quvvat ishlab chiqarish uskunalari ham mamlakatga ko‘chib o‘tgan. Ba’zi texnikalar hozirgacha ishlamoqda. Bunday stansiyalarga tashrif buyurgan xorijiy sheriklar ularning hali ham qanday ishlayotganiga hayron qoladi. Jami balansda 114 birlikda energiya uskunalari, shu jumladan 31 ta energoblok va 29 ta turbogeneratorlar mavjud. Ularning qariyb 84 foizi 1960-1980-yillarda foydalanishga topshirilgan.

Ekspertning aytishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va tashkil etish jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan. Belgilangan to‘rt milliard dollarlik investitsiyalarning 50 foizi o‘zlashtirildi. Tabiiyki, kredit majburiyatlari oshdi va tizimdagi zarar ko‘rishlar ham juda katta.

Nafaqat quvvatlar, balki ta’minot tizimidagi uskunalar - magistral tarmoqlar va podstansiyalar, hisoblagichlar ham eskirgan.

– Ma'nan va jismonan eskirgan uskunalarni almashtirish dasturi amalga oshirilmoqda, – deydi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ raisining o‘rinbosari Xoliq Elmurodov. – yetkazib beruvchi hisobidan 954 mingta zamonaviy elektr energiyasi hisoblagichlari o‘rnatilgan. 2019-yilda 2,5 million hisoblagichni almashtiramiz, 2021-yilga borib yetti million iste’molchini to‘liq qamrab olamiz.

Maishiy iste'molchilar uchun elektr energiyasi tarifi - kVt/soat uchun 250 so‘m. Ishlatilgan yoqilg‘i uchun ketgan 180 so‘m ham shuning ichida. Xarajatlar yetkazib berish jarayonida ham hosil bo‘ladi - podstansiyalar o‘zini sovitish uchun elektr energiyasi iste’mol qiladi. Mutaxassislarning aytishicha, bir million kVt/soat elektr energiyasi 300 ming kubometr gaz yoki 300 tonna mazut, degani. Konditsioner besh-olti soatlik ishi davomida bir tonna ko‘mir yoki 2,9 kubometr gaz yoqib olingan energiyani sarflaydi. Ishlab chiqarish quvvatlarida «zangori olov»dan foydalanish 80 foizni tashkil etadi. Yil davomida barcha IESda resurs iste'moli jami 15,5 milliard kubometrga yetadi.

Sanoatning holati haqida gapirganda, elektr energiyasi iste’moli uchun tariflarning kelgusida o‘sishiga to‘xtalmasak bo‘lmas. Soha vakillari buni vaqt-soati yetgan zarurat, deb ataydi. Yetkazib berish xarajatlarni o‘zini qoplamaydi, lekin korxonalar bu ishni davom ettirishga majbur.

– O‘zgarishlar inflyasiya darajasidan yuqori bo‘lmasligi va ish haqi oshishi bilan birga oshishi lozim, – deydi Energetika vaziri Alisher Sultonov. – Aholining turli qatlamlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda ijtimoiy tariflarni qo‘llash rejalashtirilmoqda. Biroq ularni hamma joyda amalga oshirish uchun har bir kishi differensial narxlarni qo‘llash imkonini beruvchi zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatishi talab etiladi. Asosiy vazifa - tarmoqlarni yangilashdir. Bu «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Yaqinda To‘raqo‘rg‘on IES foydalanishga topshiriladi va Taxiatosh va Navoiy IESda yangi energiya bloklari ishga tushiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, ulkan ishlar olib borilmoqda, kelgusiga juda ko‘p narsalar rejalashtirilgan.

Aholining to‘lov qobiliyati turlicha - kimdir isitiladigan hovuzga ega, har bir xonasida konditsioner bor, boshqasi esa, tejash uchun chiroqni ortiqcha yoqmaslikka harakat qiladi. Agar bundaylarning barchasi bir xil narxda to‘lasa, adolatsizlik bo‘lardi.

Kadrlar masalasi ham muammoligicha qolmoqda. Mutaxassislarning fikricha, tarmoqda 45 ming kishi mehnat qilmoqda, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 1,8 mln. so‘mni tashkil etadi. Elektr stansiyasidagi faoliyat - juda qiyin ish. Universitetni bitirib kelganlarning ko‘pi ozgina muddat ishlaydi-da, chidolmay, bo‘shab ketadi.

Energetiklarning qalb hayqirig‘i shundan iboratki, odamlar o‘zini o‘zi oqlamaydigan va ulkan mashaqqatlar evaziga olinadigan elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, oqilona foydalanishsin. Tabiiy resurslarni kelajak avlod uchun ham saqlash kerak, axir.

Muhammad Qarshiboyev.

«Pravda Vostoka».

 «Pravda Vostoka» gazetasining 2019-yil 11-iyuldagi 139-sonida «Крик души энергетиков» sarlavhasi bilan nashr etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech