05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

investitsiyalar
31 Yanvar  2020 1172

O‘zbekistonga AQSh investitsiyalarini jalb etish istiqbollari

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vaxabov Virjiniya shtatida dunyodagi yirik qurilish kompaniyalaridan biri «Bechtel»ning Innovatsion markaziga tashrif buyurdi va uning hududlar bilan hamkorlik bo‘yicha prezidenti Styuart Jones bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida Start Jones O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga o‘tish maqsadida olib borilayotgan islohotlarni, ustuvor sohalarni, shuningdek respublika hududlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘yilayotgan dadil qadamlarni yuqori baholadi. Uning fikricha, ko‘rilayotgan choralar respublika tarmoqlarining sanoat-texnologik va innovatsion rivojlanishi uchun juda muhim hisoblanadi.

Kompaniya prezidenti O‘zbekistonda investitsion loyihalarni, jumladan «Toshkent-Samarqand»  va «Toshkent-Andijon» pulli yo‘llarining  qurilishi, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida foydali qazilmalar konlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini izhor etdi.

Elchixonaning xabar berishicha, 1898-yilda tashkil topgan «Bechtel» qurilish sohasidagi innovatsion qarorlar bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniya sifatida o‘z Innovatsion markaziga ega. Markazda har doim ob’ektlar, quruvchilar va ekologiya xavsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi texnologiyalar va usullar ishlab chiqariladi va sinovdan o‘tkaziladi, shuningdek kadrlar tayyorlash va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan loyihaning sifat monitoringini o‘tkazish maqsadida axborot  texnologiyalarini joriy etish amalga oshiriladi.   

Uchrashuv nihoyasida tegishli vazirliklar va idoralar bilan yuqorida ko‘rsatilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida mart oyida «Bechtel» kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish haqida kelishib olindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech